Koronavirus: kecha yurtimizda 21 nafar kishida kasallik aniqlandi
2022-yil 9-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239203 (+21) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 4 nafari Toshkent viloyatida,
— 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Samarqand viloyatida 1 nafar,
— Toshkent viloyatida 6 nafar,
— Toshkent shahrida 4 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237386 (+11) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring