Koronavirus: kasallanishlar soni kamaydi, oʻlimlar soni ortdi
Kecha yurtimizda 165 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Xabarda keltirilishicha, 2021-yil 23-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197918 (+165) nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 194788 (+153) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1475 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring