Koronavirus it va mushukdan odamga yuqishi yoki aksincha boʻlishi mumkinmi?
arxiv foto
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Atabekov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda shu boʻyicha ham maʼlumot berildi.
“Koronavirusning COVID-19 turi it va mushukdan odamga yoki odamdan it va mushukka yuqishi mumkinmi?“ degan savolga Inspeksiya boshligʻi shunday javob berdi:
“Yoʻq. Shu paytgacha 7 turdagi koronavirus odamlarda kasallik chaqirishi mumkinligi isbotlangan. Ularning 4 tasi butun dunyoda uchrab turadi va shamollashning belgilari singari namoyon boʻladi. Ularning ikkitasi SARS-CoV-2 va COVID-19 xavfliroq turi hisoblanadi.
Agar itlar va mushuklarda odamlardagi koronavirus kasalligi klinikasiga oʻxshash belgilar paydo boʻlsa, bilingki, bu COVID-19 kasalligi emas!
Bu itlarda uchraydigan gripp, paragripp, mushuklar OʻRS (mushuk astmasi) boʻlishi mumkin. Uy hayvonlarida ham yurak yetishmovchiligi, pnevmoniya, dirofilyarioz kasalligining (gelmintozlar chaqiradigan parazitar kasallik) yurak shakli ham uchrashi mumkin“.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring