Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar 33 nafarga yetdi
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring