Koronavirus Hindiston va Pokistonda avj olmoqda

08:06 20 Iyun 2020 Dunyo
1293 0

Hindiston, Pokiston va boshqa bir qator mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishi avjiga chiqqan.

Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8,4 million kishini tashkil qiladi. 450 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Pokistonning Panjob viloyatidagi qator shaharlar qisman karantinga olindi. Viloyat 100 milliondan ortiq aholiga ega. Soʻnggi haftalarda baʼzi joylarda, xususan viloyat maʼmuriy markazi Lahorda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshdi.

Panjobda jami 60 mingga yaqin koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Viloyatda faqat oziq-ovqat doʻkonlari va dorixonalar ochiq. Jamoat transporti ishlamaydi, xususiy transport vositalariga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hindistonda rekord darajadagi kasallikka chalinganlar soni – 12 881 ta holat qayd etildi. Dehlida Sogʻliqni saqlash vaziriga koronavirus infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan, u ilgari nafas qisilishi va isitma haqida shikoyat qilgandi. Mumbayda minglab odamlar kasallikni yuqtirib olgan.

Biroq Hindiston iqtisodiy sabablarga koʻra karantinni yumshatmoqda. Hindiston virus yuqtirish darajasi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda. Mamlakatda 382 mingga yaqin odam kasal boʻlib, 12 573 nafar odam vafot etdi. 205 ming kishi virusni yenggan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер