Koronavirus eng oson koʻpayadigan manba maʼlum boʻldi

09:00 31 Oktyabr 2020 Dunyo
666 0

Illyustrativ foto

Koronavirusning eng oson koʻpayadigan manbasi ogʻiz boʻshligʻi boʻlib, tupik bezlari, til va qalqonsimon bezlar “SARS-CoV-2” virusi oʻchogʻi paydo boʻlishi va keyinchalik tarqalishi uchun eng “qulay” joylardir.

Ushbu yoʻnalishda tadqiqot olib borgan bir guruh amerikalik olimlar xuddi shunday xulosaga kelishdi. Izlanishlar natijasi “medRxiv” portali tomonidan eʼlon qilindi.

“Yoʻtalish yoki gaplashish jarayonida “Covid-19” virusining bir kishidan boshqasiga yuqishi xavfi ortadi. Shu bois tadqiqot mualliflari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda eng samarali himoya vositasi boʻlgani bois niqob taqish zarurligini taʼkidlashmoqda. Taʼm bilishning yoʻqolishi hamda ogʻizning uzoq vaqt quruq boʻlib qolishi organizmda infeksiya borligining belgisidir”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, ushbu izlanish koronavirusning faqat ogʻizda koʻpayishini oʻrganishga qaratilgan ilk tadqiqotlardan biridir. Zero, shu kungacha tadqiqotchilarning aksariyati infeksiyaning burun va oʻpkada namoyon boʻlishiga eʼtibor berishgan.

Qayd etish joiz, ushbu izlanish natijalaridan tibbiy amaliyotda rasmiy ravishda foydalanish uchun maqola hali mutaxassis bahosidan oʻtishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер