Koronavirus: Dunyoda epidemiya haqida nima gap?

19:09 03 Aprel 2020 Dunyo
1866 0

Koronavirusdan zararlanganlarning umumiy soni dunyo miqyosida 1 milliondan ortdi, 218 771 bemor tuzaldi, 54 137 nafari vafot etgan — John Hopkins University

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Covid-19 qayd etilish holatlari ortayotganidan chuqur xavotirda — New York Times

Isroil sogʻliqni saqlash vaziri Yakov Lisman va uning rafiqasi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdi, ular karantinga joylashtirildi — Reuters

Germaniya xususiy laboratoriyalar yordamida 1 million fuqaroda Covid-19 mavjudligini tekshirish uchun test oʻtkazdi — Bloomberg

AQSHda ishsizlar soni 10 millionga yetdi — Washington Post

Ispaniya koronavirusga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy choralar eʼlon qilinganidan soʻng qariyb 900 000 ishchi oʻrnini qisqartirdi — BBC

Afrika davlatlari ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqidagi yolgʻon axborotlarga qarshi kurashish uchun Facebook va WhatsApp kabi texnik gigantlar bilan kuchlarni birlashtirmoqda — Reuters

Virusning tez tarqalishi bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlarda Covid-19 haqida yolgʻon maʼlumotlarning koʻpayishi kuzatilmoqda — Reuters

Yunoniston hukumati aprel oyi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda muhim oy boʻlishini inobatga olgan holda, fuqarolarni karantin tadbirlariga rioya qilish zarurligi haqida ogohlantirdi — Reuters

BMT hisob-kitoblariga koʻra, karantin natijasida 1,25 milliard bola uyda, chunki davlatlar oʻquv muassasalarini yopishgan. Butun dunyoda karantin vaqtida ota-onalar pul ishlash bilan birga bolalar bilan ham shugʻullanib, ikkita vazifani bajarishmoqda — World Economic Forum

Korxonalar xodimlarni ishdan boʻshatishlarini oldini olish maqsadida Yevropa komissiyasi reja taklif qildi. Unga koʻra, ish beruvchi ish oʻrinlarini emas, balki ish vaqtini qisqartiradi, hukumat esa oylik maosh orqali farqini toʻlaydi — Reuters

Portugaliya parlamenti Covid-19 tufayli favqulodda holatning yana 15 kunga uzaytirilishini maʼqulladi. Mamlakatda koronavirusdan zararlanganlar 9034 nafar, ulardan 209 tasi vafot etgan — National Post

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida koronavirusdan birinchi oʻlim qayd etildi — News-Asia

Avstraliya bosh shifokori professor Brendan Merfining tasdiqlashicha, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlarning haqiqiy soni 5-10 millionga yaqin boʻlishi mumkin — The Chronicle

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiya va harbiylarga Covid-19 pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlarni buzgan, ayniqsa tartibsizlik keltirib chiqarganlarni otishga ruxsat berdi — Bloomberg.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер