Koronavirus bois AQSH Yevropa davlatlari uchun kirish eshiklarini vaqtincha yopildi. Bundan Buyuk Britaniya mustasno
AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Yevropaning barcha mamlakatlaridan Qoʻshma Shtatlarga kirishni taqiqlab qoʻydi. Bu haqda Oq uy rahbari Tvitter sahifasida maʼlum qilgan.
Cheklovlar ertaga, 13-mart kuni kuchga kiradi.
Trampning taʼkidlashicha, Yevroittifoq epidemiyaning oldini olish boʻyicha AQSH singari samarali chora-tadbirlarni amalga oshira olmadi.
AQSH ichki xavfsizlik vazirligi taqiq Shengen vizasi boʻyicha keladigan odamlarga taalluqli. U AQSHda doimiy asosda qonuniy yashovchi shaxslar va ularning eng yaqin qarindoshlariga daxldor emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring