Koronavirus bilan zararlanganlar soni million nafardan oshgan davlatlar 20 taga yetdi

19:59 05 Fevral 2021 Dunyo
1009 0

Koronavirusni yuqtirganlar soni million nafardan oshgan mamlakatlar 20 taga yetdi. Ushbu roʻyxatga Chexiya yigirmanchi boʻlib qoʻshildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda virus bilan zararlanganlar soni 1 013 352 kishiga yetgan.

Dunyo boʻyicha jami tasdiqlangan holatlarning qariyb 80 foizini ushbu yigirma mamlakat aholisi tashkil etmoqda. Ayni paytda sayyoramizda 104,4 million nafar odam ushbu infeksiya bilan zararlangan.

Ikki mamlakatda esa allaqachon virusni yuqtirib olganlar soni 10 mln. nafardan oshib ketdi. Xususan, AQSHda pandemiya boshidan beri 26,55 mln., Hindiston 10,79 mln. kishida kasallik tasdiqlangan.

Shuningdek, eng koʻp kasallik qayd etilgan 20 davlat roʻyxatida Braziliya (9,34 mln.), Rossiya (3,91 mln.), Buyuk Britaniya (3,89 mln.), Fransiya (3,23 mln.), Ispaniya (2,91 mln.), Italiya (2,59 mln.), Turkiya (2,50 mln.), Germaniya (2,26 mln.), Kolumbiya (2,13 mln.), Argentina (1,96 mln.), Meksika (1,88 mln.), Polsha (1,53 mln.), Janubiy Afrika Respublikasi (1,46 mln.) Eron (1,44 mln.), Ukraina (1,27 mln.), Peru (1,15 mln.), Indoneziya (1,12 mln.) ham kirgan.

Chexiya 100 ming aholiga yuqtirganlarning ulushi boʻyicha birinchi oʻrinda turibdi. Bu yerda har 100 ming kishidan 9,47 nafari virus bilan zararlangan. AQSHda bu koʻrsatkich 8,17 ming nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda eng koʻp bemorga ega mamlakatlar roʻyxatida AQSH (9,78 mln.) yetakchi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер