Koronavirus bahona “biznes“ qilishmoqchi boʻlishdimi? Yoxud bojxonachilar qariyb 670 million soʻmlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishdi

12:43 29 Fevral 2020 Jamiyat
1152 0

Turli xil kasalliklarni oldini olishda tibbiy niqoblar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga bojxonachilar oʻz vaqtida chek qoʻyishmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi “niqob” operatsiyasini fosh etishdi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada ushbu shaxs xonadonida umumiy qiymati 668,4 million soʻmlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari boʻlmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер