Koronavirus: 2020-yil 1-martidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Seulga parvozlarni vaqtincha toʻxtatadi
2020-yilning 1-martidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va Oʻzbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga boʻlgan qatnovlarni vaqtincha toʻxtatib turadi.
"HY514 reys bilan 29-fevral kuni Seuldan uchadigan yoʻlovchilar kelishlari bilan vaqtinchalik turar joyga joʻnatiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent aeroportida kutib olmasligingizni soʻraymiz.
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan oʻtkazilayotganligi haqida qoʻshimcha maʼlumot bermoqdamiz.
Yoʻlovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276 49 66 telefon raqami orqali murojaat qiling" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring