Korxonalarning o‘ziga zarur kadrlarni tayyorlash uchun ajratgan grant mablag‘lari soliq bazasiga kiritilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

14:57 06 Iyul 2023 Iqtisodiyot
759 0

“Bundan tashqari, davlat grantlari bilan bir qatorda, ish beruvchilar va oliygohlar tomonidan grantlar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Misol uchun, yiliga 100 milliard so‘m “oborot” qilayotgan korxona o‘ziga zarur 30 nafar yosh mutaxassis uchun grant ajratsa, yiliga o‘rtacha 300 million so‘m xarajat qiladi. Faoliyat turiga qarab, korxonalar ushbu xarajati doirasida 30-35 million so‘m soliq to‘lashi kerak.

Endi, korxonalar va oliygohlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirgan mablag‘lari soliq bazasiga kiritilmaydi.
Shunda, ish beruvchilar o‘rtasida iqtidorli yoshlarni jalb qilishga kurash, oliygohlarda sifat uchun raqobat kuchayadi”, – dedi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер