Koʻrimsiz dala shiyponi oʻrnida zamonaviy muassasa qad rostladi

14:49 03 Oktyabr 2023 Jamiyat
938 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Buxoro viloyati Peshku tumani Uyboy qishlogʻidagi 31-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bir paytlar dala shiyponi vazifasini oʻtagan, keyinchalik esa moslashtirilgan binoda faoliyat yuritib kelayotgandi. Tabiiyki, u zamonaviy talablarga javob bermay qolgan, qolaversa, tashqi taʼsirlar oqibatida eskirib, koʻrimsiz holga tushgandi.

Shu yilning bahoridan boshlab bu yerda qurilish ishlariga kirishildi. Mukammal taʼmirlash yumushlari uchun 4 milliard 314 million soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada avvalgi tor va koʻrkini yoʻqotgan binodan asar ham qolmadi. Ikki qavatli zamonaviy inshoot qad rostladi. Janubiy Koreya andazasi asosida barpo qilingan binoda ilgarigiga qaraganda qatnov oʻrni ham koʻpaydi. Endi bu yerda 75 emas, 120 nafar jajji oʻgʻil-qiz shahardagidan qolishmaydigan darajadagi shart-sharoitlarda taʼlim tarbiya olishi, mashgʻulotlar orqali zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi mumkin. Bino tomiga quyosh paneli ham oʻrnatildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Aytish oʻrinliki, yurtimizning barcha goʻshalarida boʻlgani kabi Peshkuda ham mulkchilikning turli shaklidagi muassasalar tashkil etish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish evaziga 3 – 7 yoshdagi bolajonlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasidagi imkoniyatlar kengaymoqda. Hozir kichkintoylarning 85 foizi shunday muassasalarda tarbiyalanyapti. Vaholanki, bundan ikki yil muqaddam bu koʻrsatgich 60 foiz atrofida edi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер