Koʻrib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori surʼatlar bilan oʻsmoqda — Shavkat Mirziyoyev

16:17 11 May 2022 Siyosat
896 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida gʻallachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Koʻrib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori surʼatlar bilan oʻsmoqda.

Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna bugʻdoy 400 dollardan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshdi.

Bunday vaziyatda narx-navo barqarorligini taʼminlashning yagona toʻgʻri yoʻli bu – fermerlar manfaatdorligini taʼminlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni koʻpaytirish hisoblanadi.

Buning uchun gʻallachilikda bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish zarur.

Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik koʻrdik. Barcha masalalarni puxta hisob-kitob qilib, bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayapmiz», dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida.

Sohada xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani taʼkidlandi.

Xususan, soʻnggi uch yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna boʻlgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер