Koreyalik taniqli kinorejissyor Kim Ki Duk koronavirusdan vafot etdi

16:37 11 Dekabr 2020 Dunyo
1231 0

Fotо: Getty Images

Kann, Venetsiya va Berlin kinofestivallari laureati, rejissyor Kim Ki Duk bugun Latviyada “Covid-19” asoratlari tufayli vafot etdi.

“Bugun 1.20 da «Covid-19» asoratlari tufayli rejissyor kasalxonada vafot etganligi haqida maʼlumot tarqaldi”, degan rejissyorning hamkasbi Vitaliy Manskiy “Delfi” nashriga bergan izohida. 

59 yoshli rejissyor Sankt-Peterburgdan Estoniya orqali Latviyaga kelgan. Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, dunyoga mashhur rejissyorning rejalari Yurmalada uy xarid qilish va yashash uchun ruxsatnoma olish boʻlgan. Ammo rejissyor belgilangan uchrashuvga kelmagan. Shundan soʻng, hamkasblari xavotirlanib, kasalxonalarni qidirishni boshlagan.

Kim Ki Duk taniqli Janubiy Koreyaning rejissyori va ssenaristi. Venetsiya, Kann, Berlin kinofestivallari laureati. Ijodkor oʻzining “Bahor, yoz, kuz, qish va yana bahor”, “Vaqt”, “Xoʻrsinish” kabi filmlari bilan tanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер