Koreyaga oʻqish uchun borganlar soni 1,5 ming nafardan oshdi
Illyustrativ foto
Koreya davlatiga oʻqish uchun safar qilgan oʻzbekistonliklar 1,5 ming nafardan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar iyun oylarida jami 14,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 ming yoki 48,7 foizga koʻproq.
Fuqarolarning ushbu davlatga safar maqsadlari quyidagicha boʻlgan:
sayohat – 10 032 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 3 041 nafar;
oʻqish – 1 557 nafar;
xizmat yuzasidan – 187 nafar;
davolanish – 25 nafar.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekistonning Koreya bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 837,1 million AQSH dollariga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring