Koreyadan 2 oyda qariyb 6,4 ming nafar turist Oʻzbekistonga keldi
2026-yilning yanvar fevral oylarida 6 385 nafar Koreya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha taqsimlangan:
- sayohat – 4 682 nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 987 nafar;
- oʻqish – 679 nafar;
- xizmat yuzasidan – 22 nafar;
- davolanish – 15 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 187 nafarga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring