Koreyadan 2 oyda qariyb 6,4 ming nafar turist kelgan

09:10 14 Aprel 2026 Jamiyat
297 0

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar fevral oylarida 6 385 nafar Koreya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 187 nafarga oshgan.

Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha:

• sayohat – 4 682 nafar;

• qarindoshlarni yoʻqlash – 987 nafar;

• oʻqish – 679 nafar;

• xizmat yuzasidan – 22 nafar;

• davolanish – 15 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер