Koreya instituti bilan 6,6 mln AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitim imzolandi

13:15 02 Iyun 2023 Siyosat
463 0

Janubiy Koreyada Tabiat resurslari vazirligi va Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) oʻrtasida Jizzax viloyatida tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obyektlarni qurish loyihasi doirasida dastlabki istiqbollari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, Tabiat resurslari vazirligi Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) bilan qiymati 6.6 mln AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitim imzoladi.

Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obyektlarni qurish loyihasi doirasida koreyalik mutaxassislar ushbu loyihaning ahamiyati va samaradorligi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berishdi.

Qayd etish joizki, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar: 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yigʻish inshootini qurish, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin boʻlgan chiqindi gaz yigʻish tizimini qurish, kuniga 5-10 tonna tibbiyot chiqindilarni yoqish inshootini oʻrnatish, moddiy texnik bazani mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va boshqa qurilmalar xarid qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini qurish, 5 ta yangi poligon qurish hamda yangi qurilgan poligonlarga tibbiyot chiqindilarni yoqish usuli bilan yoʻq qilish uskunasi, kompost qilish uskunasi, konteynerlar va maxsus texnikalar xarid qilish koʻzda tutilgan.

Uchrashuvda kelgusida KEITIning Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur ofis butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy markaz sifatida xizmat qiladi.

Tashrif yakunida KEITI Tabiat resurslari vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidladi. Qolaversa, kelgusida hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʻtarish muhim ekanligi qayd etildi. Uchrashuvda kelgusida KEITIning Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Tashrif yakunida Choy Xyong Jin Tabiat resurslari vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidlab, kelgusida hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʻtarish muhim ekanligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер