Koʻp qavatli uylardan birida portlash roʻy berdi
Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi turar-joylardan birining yuqori qavatida portlash roʻy berdi. Oqibatda 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.
Baxtsiz hodisa Puente-de-Valyekas tumanidagi uyning 13-qavatida sodir boʻldi. Shuningdek, beshta qoʻshni xonadon hamda yaqin oradagi 25 ta avtomobil zararlangan. Portlash toʻlqini shu qadar katta ziyon yetkazganki, 78 ta oila yaqin kunlar ichida uylariga qayta olmaydi. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar va shifokorlar tezda yetib kelgan.
Jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatildi, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Gazning sizib chiqishi portlashni keltirib chiqargani taxmin qilinyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring