Konstitutsiya — mening taqdirimda
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan 9-sonli umumtaʼlim maktab oʻquvchilari bilan navbatdagi toʻgarak mashgʻuloti oʻtkazildi.
Toʻgarak mashgʻulotida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidan bosh Qomusimizni qabul qilinishi tarixi va bugungi kunga qadar kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida oʻquvchilarga maʼlumotlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan mazkur maktabning 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitutsiya — mening taqdirimda” shiori ostida intelektual bellashuv oʻtkazildi. Konstitutsiyaga doir boshqarma tomonidan tayyorlargan test savollari oʻquvchilar javob berishdi.
Gʻoliblar bayram arafasida bojxona boshqarmasi tomonidan taqdirlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring