Konstitutsiya — baxtimiz poydevori
Foto: “Xalq soʻzi Online”
Uchtepa tumani 62-maktabda 8 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — baxtimiz poydevori“ mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida milliy istiqlol gʻoyasi turkumiga kiruvchi fanlar boʻyicha ochiq darslar tashkil etildi. Shuningdek, tayanch maktabi oʻqituvchisi, oliy toifali pedagog Nargiza Roʻziboyeva yosh ustozlarga trening mashgʻuloti oʻtkazdi.
Bayram tadbirida Uchtepa tumani hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bobur Mirzayev ham qatnashib, oʻquvchi yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring