Kongo poytaxtida elektr toki urishi oqibatida 26 kishi hayotdan koʻz yumdi

23:26 02 Fevral 2022 Dunyo
1169 0

Foto: BBC

Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasa shahrida bozorda elektr kabeli uzilib tushgan va elektr toki urishi oqibatida 26 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Mahalliy elektr energetika kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, kabel yashin urishi tufayli uzilib ketgan. Ommaviy axborot vositalari fojia qurbonlarining aksariyati bozorda savdo qilayotgan ayollar ekanini maʼlum qildi.

“Kabel uzilib, uning uchi ertalabki yomgʻirdan keyin suv bilan toʻlgan ariqqa tushgan”, deydi Kinshasa provinsiyasi maʼmuriyati spikeri Charlz Mbutamuntu.

Huquq-tartibot idoralari va mahalliy hukumat voqea yuzasidan tekshirish olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер