Koʻngillarda shodlik va shukrona

15:05 31 Avgust 2022 Jamiyat
731 0

Foto: Xalq so‘zi

Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi “Katta sovur” mahallasida yashovchi Oʻrozxol Avazova yoshligida olgan jarohati tufayli bora-bora mustaqil harakatlanish va gapirish layoqatini yoʻqotdi. Imkoniyati cheklangan, ogʻir ijtimoiy ahvolda kun kechirayotgan bu ayol mahallaning “Ayollar daftari”ga kiritilgach, uning dard-u tashvishiga quloq tutildi, muammolarini hal etishga kirishildi. Bu boradagi xayrli ishga «Shoʻrchidonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati maʼmuriyati bosh qoʻshadigan boʻldi. Mazkur jamiyatning homiyligi asosida Oʻrozxol Avazovaning eski, nurab qolgan turar joyi oʻrniga 4 xonali zamonaviy uy qurib berildi.

— Inson qadri ulugʻlangan, orzu-umidlari roʻyobga chiqadigan Vatanda yashashdan ortiq baxt boʻlmasa kerak. Opam nochor ahvolda hayot kechirib kelayotgandi. Mahalla-koʻy, jamoatchilik gʻamxoʻrligi uning dardu-tashvishini aritdi. Nurab borayotgan uyi oʻrniga yangisi qurildi, zarur mebel, maishiy jihozlar bilan taʼminlandi. Mehr-oqibatli, bagʻrikeng, sahovatli yurtdoshlarimizdan minnatdormiz. Albatta, bu soʻzlarni bayon etishga opamning imkoniyati yoʻq. Ammo uning dilidagini, yuz-koʻzidagi quvonchdan barini anglab olish qiyinmas, — deydi Oʻrozxolning singlisi Sayyora Avazova.

Ilhom Rahmatov,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер