Kolumbiyada ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

02:59 26 Yanvar 2022 Dunyo
1305 0

Kolumbiya COVID-19 virusiga qarshi Oʻzbekiston – Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. 

Mazkur qaror Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co Ltd tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Janubiy Amerikada qoʻllanilishi COVID-19 pandemiyasiga qarshi global hamkorhorlik imkoniyatini kengaytiradi.

Hozirgacha mazkur vaksina Oʻzbkiston, Xitoy va Indoneziyada ommaviy emlash jarayonida qoʻllanilmoqda, shuningdek buster vaksina sifatida foydalanilmoqda. 

Hozirda ZF-UZ-VAC2001 Xitoy va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Indoneziyada ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, vaksinani mahalliylashtirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Genotiplash tahlili ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi koronavirusning Alpha variantiga qarshi 92,68 foiz va Delta variantiga qarshi 81,38 foiz samaraga egaligini namoyish etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер