Koʻksaroy qarorgohida Turkiya yetakchisi tantanali kutib olindi
Foto: president.uz
Koʻksaroyda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlarini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda davlat rahbarlari oldidan saf tortib oʻtdilar.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari ham hozir boʻldi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring