Kobulda yana portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Foto: AP
Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrining gʻarbiy qismida navbatdagi portlash sodir etildi. Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrining gʻarbiy qismida sodir boʻlgan navbatdagi portlashda kamida besh kishi halok boʻlgan.
Manbaga koʻra, Dashte-Barchi tumanida yangi portlash sodir etilgan. Oqibatda kamida besh kishi halok boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yana yetti kishi jarohat olgan. Mahalliy aholidan birining soʻzlariga koʻra, bu yerda yengil avtomobilga yopishtirilgan magnit mina portlatilgan.
Soʻnggi bir oy ichida Kobulda bir necha portlashlar sodir boʻlib, fuqarolar halok boʻldi. Jumladan, 15-noyabr kuni Dasht-Barchida xudkush-terrorchi avtobus portlovchi uskunani harakatga keltirishi oqibatida bir kishi hayotdan koʻz yumib, ikki kishi tan jarohati olgan edi. 2-noyabr kuni esa Kobuldagi Sardor Muhammad Dovud Xon nomidagi eng yirik harbiy gospital hududida ikkita portlash sodir etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring