Ichki ishlar organlari ichida kim “Kitobxon xodim”?
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Kitobxon-xodim” tanlovi oʻtkazildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tizimi xodimlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, ulugʻ ajdodlarimiz - buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini asrab-avaylash hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish maqsadlarida tashkil etilgan mazkur tanlovda birinchi bosqichning 16 nafar gʻoliblari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar “Buyuk siymolar”, “Sheʼrda tushirib qoldirilgan soʻzni topib, oʻz oʻrniga qoʻyish”, “ Asar muallifini topish” va “Oʻzbek adabiyoti bilimdoni”, “Asardan parcha” kabi shartlar boʻyicha oʻz bilim, sinchkovlik va xotira salohiyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Tanlov yakuniga koʻra Navoiy shahar IIO va FMB huzuridagi Tergov boʻlimi surishtiruvchisi Sarvinoz Dushanova faxrli birinchi oʻrinni egallab, uning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Temur ESHBOYEV, (“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring