Kitob yarmarkasi tashkil etildi
Foto: DBQ
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi arafasida yurtimizda vatanparvarlik oyligi davom etmoqda. Shu munosabat bilan Davlat bojxona qoʻmitasida Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Qoʻmita matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu yarmarkada “Oʻzbekiston” NMIU, Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, “Oʻqituvchi” NMIU, “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti hamda Choʻlpon nomidagi NMIUlar 500 nomdagi 2000 dan ortiq kitoblar bilan qatnashyapti. Bojxona xizmati xodimlarining kitob mutolaasiga qiziqishlari baland ekanini ularning ishtiroki va kayfiyatidan ham bilib olish mumkin.
Barchamiz ana shunday tadbirlarni koʻpaytirish tarafdorimiz. Zero, kitobxonlik bugun barcha soha vakili uchun suv va havodek zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring