Kislorod konsentratorlarini olib kirishda qanday imtiyozlar bor?
Hukumat qarori bilan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati tasdiqlangan.
Roʻyxatdagi 84 turdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, puls oksimetrlarini 2020-yil 1-oktyabrga qadar chetdan olib kirilganda va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va sotish mumkin.
Kislorod konsentratorlarining qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinganiga oid xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring