Kim Oyda abadiy qolmoqchi?
Illyustrativ foto
NASA prezidenti Jeyms Braydenstayn AQSH Oy yuzasida doimo hozir boʻlish niyatida ekanligini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Bizning bugungi kundagi ustuvor maqsadlarimizdan biri Oyga qaytishdir. Bu safar biz Apollo ekspeditsiyasi paytidagidek qilmaymiz. Bu safar Oyda doimo boʻlmoqchimiz”, - dedi Braydenstayn AQSH Kongressi Vakillik palatasining savdo, adliya, ilm-fan va oʻz muassasasi bilan bogʻliq kichik qoʻmitasidagi eshituv chogʻida.
“Bu biz u yerda qolishimizni anglatadi. Bunda Oy yuzasida odamlar doim boʻlishi nazarda tutilmayapti. Bu u yerda bizning robotlar, lunoxodlar doim boʻlishi, shuningdek, u yerda ilm-fan bilan shugʻullanadigan odamlarning vaqti-vaqti bilan borib kelishini anglatadi”, - deya izoh bergan NASA rahbari.
Yaqinda AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens ham Xantsvilldagi Milliy kosmik kengash yigʻilishida AQSH astronavtlari yaqin besh yil ichida Oyga qaytishini maʼlum qilgandi. Amerikaning Apollo 11 kosmik kemasi Oyga birinchi marta 1969 yil 20 iyulda ilk qoʻnishni amalga oshirgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring