Kim Chen In Shimoliy Koreya koronavirus ustidan toʻliq gʻalaba qozonganini eʼlon qildi
Foto: STR/KCNA VIA KNS/AFP
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreya koronavirus ustidan gʻalaba qozonganini eʼlon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisi “virusni oʻldirish” kampaniyasi tugaganini aytdi. Qayd etish joizki, KXDRda ketma-ket toʻrtinchi kun COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etilmadi.
Shimoliy Koreyada koronavirus infeksiyasining birinchi holati 12-may kuni aniqlangan edi. Keyin virus “nomaʼlum isitma” deb nomlangan. Infeksiyaning eng yuqori choʻqqisi 15-mayda, 390 mingdan ortiq odam kovid bilan kasallangan paytda sodir boʻldi.
KXDRda jami 4,77 million kishi koronavirus bilan kasallangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring