Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi vaqtincha yopildi
Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yoʻlining Farobiy koʻchasidan Talabalar koʻchasigacha boʻlgan qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, koʻcha bugun, 16-noyabr kuni 08:00 dan 24:00 gacha yopiladi.
Bunga Olmazor tumanida olib boriladigan yoʻl taʼmirlash ishlari sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring