Kichik biznes loyihalariga 20 trillion soʻm yoʻnaltiriladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident ilgari surgan ikkinchi tashabbus – tadbirkorlarimiz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir.
Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Uchinchi yoʻnalish haqida soʻz yuritar ekan, Prezident kredit berish masalaning faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketishi uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini alohida qayd etdi.
Shu sababli, eng avvalo, tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring