“Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda

11:49 24 Yanvar 2022 Jamiyat
1266 0

Deputatlar tomonidan “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev oʻz telegram sahifasida maʼlum qildi.

Kiberxavfsizlik - axborot xavfsizligi boʻlib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi.

Yangi qonunning maqsadi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
  • Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash;

Milliy kiberxavfsizlik sanoatini ragʻbatlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davdat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish, kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturiy taʼminotlar yaratish va boshqalardan iborat.

Qonun loyihasiga koʻra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda.

Avvalroq, axborot va kiberxavfsizlik boʻyicha Oʻzbekistondagi yetakchi tashkilotlar reytingi eʼlon qilingandi. Shuningdek, Markaziy bank qoshida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etilishi aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер