XTV oʻqituvchilarga mehnat taʼtili toʻlovi kechikayotganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
Foto: Illustrativ foto
Xalq taʼlimi vazirligiga oʻqituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat taʼtili toʻlovi kechikayotganligi va kamaytirib toʻlash holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Mazkur masalalarga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilar maʼlum qilinadi:
2022-yilda pedagog xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat taʼtili berilib, bir yil davomida toʻliq ishlagan oʻqituvchilarga 48 kun hisobidan toʻliq mehnat taʼtili pullari toʻlab beriladi.
Ishga kirganiga bir yil boʻlmagan oʻqituvchilarga esa mehnat taʼtili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda toʻlanadi (Bunda mehnat taʼtili davri 48 kundan iborat boʻladi).
Bugungi kunda “UzASBO” dasturiy majmuasida mehnat taʼtili toʻlovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tezkor ravishda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklandi.
Bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat taʼtili toʻlovlari toʻlab boriladi.
Mehnat taʼtili toʻlovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 Ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring