Xo‘jaoboddan xorijga kiyim-kechaklar eksport qilinmoqda

19:14 08 Avgust 2023 Jamiyat
537 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida o‘tgan besh yil davomida sanoat hajmi 7 barobarga ortib, eksportchi korxonalar soni 2,5 barobarga, ular tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmi 17 barobarga oshdi.

Tumandagi “Nil-Granit” MChJ bu borada yetakchilik qilmoqda. Zero, korxona tomonidan bir yilda 38 mln. dollarlik kiim-kechak xorij bozorlariga eksport qilinmoqda.

— Bu yutuqlar zamirida respublikamizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini barqaror rivojlantirish uchun qulay biznes muhiti yaratilgani mujassamdir,—deydi korxona ijrochi direktori Islombek Sobirov. —Mavjud sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda dunyo bozoriga “Samo” brendi ostidagi tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini peshma-pesh yetkazib bermoqdamiz. Bu borada Portugaliya, Angliya, Germaniya, Italiya hamda Turkiya kabi davlatlardagi hamkorlarimiz bilan mustahkam aloqa o‘rnatganmiz. Birgina joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 17 ming 200 dona turli assortimentdagi kiyim-kechaklar eksportga chiqarilgani korxona faoliyatining barqarorligidan dalolat berib turibdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Andijon viloyatida 2016-yilda sanoat mahsulotlari eksporti hajmi 6,6 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 113,3 mln. dollarni tashkil etdi. Joriy yilda esa eksport hajmi 137,3 mln. dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер