Xoʻjaobodda yangi GES quriladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan elektr energiyasi taʼminotidagi uzluksizlikni yoʻlga qoʻyish, isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatish, buning uchun gidroenergetika sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
— Xoʻjaobod tumanidagi “Ipakchi” MFY hududidan oqib oʻtuvchi «Katta Fargʻona” kanali boʻyida “XJY POWER PTE ANDIJAN” MCHJ tomonidan qiymati 5 mln. AQSH dollariga teng gidroelektr stansiyasi qurilishi ishlari davom etyapti, — deydi viloyat hokimligi xodimi Rustamjon Eshonov. — Xorijiy investorlar ishtirokidagi ushbu loyiha foydalanishga topshirilgach, bir yilda 1,8 MVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu bilan nafaqat, aholining balki, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarining ham elektr taʼminotiga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondiriladi.
Bunday istiqbolli loyihalarga viloyatning boshqa hududlarida ham kirishilgan. Kelgusida 536 ta GES, mikro GESlar qurilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring