Xoʻjaobodda chiqindidan elektr energiyasi olinadi

14:26 14 Iyul 2025 Jamiyat
173 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xoʻjaobod tumanida chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonaga asos solindi. 110 mln. dollar qiymatdagi loyihani barpo etish uchun 100 nafardan ziyod quruvchilar faoliyat olib bormoqda.

— Korxona ishga tushirilgach, bir kunda 1500 tonna chiqindini qayta ishlash imkoniyati yaratiladi, —deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimi Muxlisaxon Sobirova. — Buning natijasida soatiga 40 ming kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin boʻladi.

Xitoy Xalq Respublikasining “China International Camce” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha foydalanishga topshirilgach, 100 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi muammolar barxam topadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер