Xoʻjayli va Boʻzatovda imtihonsiz “prava” olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha,Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xoʻjayli tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “A.B.” MCHJ instruktori Б.А. fuqaro Ф.Т.нинг ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida hech qanday imtihon sinovlarisiz haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 8,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Boʻzatov tumani, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ж.А. va Ж.К. fuqaro Т.Ш.нинг ishonchiga kirib, uni 700 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib berishlarini aytib, 600 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring