Xovosda yangi jome masjidi ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Oqchangal mahallasida yangi jome masjidi foydalanishga topshirildi.
Unda bir vaqtning oʻzida 1 ming 500 nafardan ziyod hamyurtlarimiz namoz oʻqishi mumkin. Shuningdek, katta avtomagistral boʻyida joylashganligi yoʻlovchi va sayyohlarning yoʻl-yoʻlakay ibodatlarini ado etishlariga ham qulaylik yaratadi.
Abdurrahmon ibn Avf Qurayshiy nomi bilan atalgan jome masjidining ochilishiga bagʻishlangan marosimda Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, mahalla faollari, imom-xatiblar, nuroniylar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Ezgu tilaklar bildirilib, mamlakatimizda tinch-osoyishta, farovon hayot bardavomligi uchun duoga qoʻl ochildi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring