“Xotira — abadiy, xotira — mangu”

10:43 10 May 2022 Jamiyat
1852 0

9-may — Xotira va qadrlash kuni xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridan biri. El-yurtning tinchligi, erki hamda ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻidadir.

Xotira bor ekan millat yashaydi, insonda gʻurur, iftixor tuygʻulari barq uradi. Xotira oʻzlikni anglash, oʻtmishni doimo yodda tutishga daʼvat etib turadigan muqaddas tuygʻudir, u orqali inson oʻziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi. Xotirasiz millat millat boʻla olmaydi.

Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirib, bugun ham el-yurtimiz farovonligini yuksaltirish, yoshlarni tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylar hurmatini joyiga qoʻyish, ularni eʼzozlash maqsadida 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi.

Shu maqsadda bizning maktabimizda ham “Xotira — abadiy, xotira — mangu” shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda taʼlim muassasamizda ishlab, shu maktab uchun oʻz mehnatini ayamagan faxriy ustozlar, mahallaning keksa nuroniy otaxonu onaxonlari taklif qilindi.

Tadbir avalida maktabda faoliyat olib borgan faxriy ustozlar yodga olinib, ularga atab tayyorlangan videorolik namoyish etildi. 

Maktabimizning boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar, raqslar namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi. Faxriy ustozlar soʻzga chiqib, oʻtmishdagi voqealar yodga olindi. 

Tadbirimiz faxriylar uchun yozilgan bayram dasturxoniga ulanib ketdi. Maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir uchun mahalla faxriylari hamda jonkuyar ustozlar oʻz minnatdorligini bildirib, bugungi diydor, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, farovon hayotimiz uchun shukronalik hissini tuyib yashayotganini aytib oʻtishdi. 

Tadbir soʻngida kecha qatnashchilari ishtirokida oʻyin kulgi boʻlib, faxriylar izzat-ikrom bilan kuzatib qoʻyildi.

Zumrad Najimxoʻjayeva,

Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер