Xose Raul Mulino Panamadagi prezidentlik saylovida gʻolib chiqdi
Foto: Reuters
Xose Raul Mulino Panamadagi prezidentlik poygasida gʻolib chiqdi. «France Press» axborot agentligining yozishicha, uning asosiy raqibi Rikardo Lombana saylov natijalari eʼlon qilinganidan soʻng magʻlubiyatini tan olgan va Xose Raul Mulinoni tabriklagan.
Mulinoning gʻalabasi mamlakatda chuqur ildiz otgan korrupsiya, kuchli qurgʻoqchilik va muhojirlarning koʻpayishi kabi muammolar fonida sodir boʻldi. Shunga qaramasdan, Lotin Amerikasi davlatidagi mazkur saylovlarda siyosiy avvalgilariga qaraganda faollik kuzatildi.
2009-2014-yillarda Panama prezidenti boʻlgan siyosatchi Rikardo Martinelli Raul Mulinoning saylovoldi kampaniyasini qoʻllab-quvvatladi. Koʻpgina panamaliklar uning davrini moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi bilan ajralib turadigan iqtisodiy farovonlik bilan yodga olishadi.
Jamoat xavfsizligi vaziri boʻlib ishlagan Mulino aynan Martinellining shogirdi boʻlib, ustozining yuqori ishsizlik va daromadlar tengsizligi kabi muammolarini meros qilib olmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring