Xorijlik talabalarning kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdori taʼlim muassasalarining direktorlari tomonidan belgilanadi

09:45 07 Yanvar 2023 Jamiyat
1249 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga binoan, kollejlar va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari mos ravishda 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlanib qoldi. Bu haqda  Oliy taʼlim, fan va innovatsion vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayrim yoʻnalishlarda oʻqitish muddatlari bir yildan kam yoki koʻp boʻlganda mazkur belgilangan miqdorlar 12 oyga boʻlinadi va mos ravishda oʻqish muddatiga (oyiga) koʻpaytirilgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov-kontrakt miqdori aniqlanadi.

Shuningdek, xorijiy fuqarolarni kollej va texnikumlarda  toʻlov-kontrakt  asosida oʻqitish qiymatlari  Oʻzekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish toʻgʻrisida”gi  PF-5763 sonli farmoniga muvofiq boʻysunuvchi  vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda taʼlim muassalarining direktorlari tomonidan belgilanadi.

Maʼlumot uchun, talabalar toʻlov-kontraktini toʻlov ilovalari orqali online toʻlashi va shartnoma boʻyicha qarzdorlik miqdorini bilishi mumkin. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер