Xorijiy kompaniyalar uchun oldindan toʻlov va birja xizmatlari toʻlovi bekor qilinadi
Foto: president.uz
Prezident raisligida tovar-xom ashyo birjasida savdolarni koʻpaytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yil yakuniga qadar eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmini 500 million dollarga olib chiqish vazifasi qoʻyildi.
1-iyuldan boshlab eksport uchun 10 ming tonna mis, 50 ming tonna qora metallar, 15 ming tonna oltin-gugurt, 1 million kvadrat metr qurilish oynasi birjaga qoʻyiladi.
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga xorijdagi elchilar va savdo maslahatchilari bilan birga mineral oʻgʻit, neft mahsulotlari, koʻmir, yogʻoch kabi mahsulotlar boʻyicha birja savdolarini boshlash uchun kamida 100 ta xorijiy yirik ishlab chiqaruvchi va ulgurji savdo korxonalarini jalb qilish topshirildi.
Shu bilan birga, joriy yil 1-iyuldan boshlab birja savdolari orqali eksport-import qilishda:
— xorijiy yetkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi;
— xorijiy kompaniyalar uchun oldindan toʻlov va birja xizmatlari toʻlovi bekor qilinadi;
— tadbirkorlarga toʻlovlarni kafolatlash bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham taʼminlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring