Xorijiy animatorlar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi
Kinochilar uyida yoshlar uchun Ozarbayjon, Gruziya va Qozogʻistondan kelgan animatorlar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
Qozogʻistonlik animator Anton Bolkunov forum doirasida tasviriy sanʼatga qiziquvchi bolalar bilan multfilm qahramonlari tasviri tushirilgan suratlarni boʻyadi. Soʻngra ular uchun ushbu suratlar asosida animatsiya sohasidan mahorat darsi oʻtib berdi. Qoʻgʻirchoqlar bilan ishlash boʻyicha esa ozarbayjonlik Elchin Xami Axundov tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi. Unda qoʻgʻirchoqlar bilan qanday ishlash, ularni jonlantirishda aynan nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini haqida gapirildi.
Forum kechki dasturida Oʻzbekiston Milliy kinofondi rahbari Eljon Abbosov chet eldan etalon negativlari qaytarilgan multfilmlar haqida batafsil maʼlumot beradi. Shuningdek, kichik tomoshabinlar uchun multfilmlar namoyishi boʻlib oʻtadi.
Toshkent xalqaro animatsiya forumi 22-aprelga qadar davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring