Xorijga ishga yuborish hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 2 300 AQSH dollari evaziga Polsha Respublikasi orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini vaʼda qilib, oldindan viza hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 900 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. fuqaro X.Z.ni tanishlari yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring