Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar maʼlum qilindi
Oʻzbekiston 2021-yilda Afgʻonistonga 2,2 tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning 10 oyida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,7 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,2 ming tonna
Qozogʻiston – 1,2 ming tonna
Qirgʻiz R. – 380 tonna
Ukraina – 2,4 tonna
Afgʻoniston – 2,2 tonna
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 1,2 ming tonna
Fargʻona viloyati – 984 tonna
Namangan viloyati – 249 tonna
Buxoro viloyati – 210 tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring