Xorazmlik quruvchilar Sirdaryoga yoʻl oldi

09:52 15 May 2020 Jamiyat
900 0

Urganch temir yoʻl vokzalidan Sirdaryo viloyatiga maxsus poyezd yoʻlga chiqdi. Unda 2000 nafarga yaqin xorazmlik quruvchilar Sirdaryoda boshlanayotgan keng koʻlamli qurilish va bunyodkorlik ishlarida qatnashish uchun joʻnab ketishdi. Ular safida betonchi, payvandchi, gʻisht teruvchi, boʻyoqchi, duradgor va boshqa qurilish ustalari bor. Viloyatning har bir tumani boʻyicha shakllantirilgan, asosan koʻngilli yoshlardan iborat guruhlar Sardoba toʻgʻoni oʻpirilishidan talofat koʻrgan yurtdoshlarimiz uchun 100 dan ortiq yangi uylar barpo etadilar. Quruvchilar bepul yoʻl chiptalari, qurilish anjomlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Odilbek Odamboyev,

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер