Xorazmga yangi yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari keltirildi

16:48 30 Oktyabr 2023 Jamiyat
375 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Joriy yilda Xorazm viloyatida 19 nafar tashabbuskor tadbirkor tomonidan oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga umumiy qiymati 3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 100 ta mikroavtobuslar xarid qilindi. Ularning 52 tasi Xitoyda ishlab chiqarilgan “JAC “, 4 tasi “FATON” va 44 tasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “GAZEL-NEXT” rusumli mikroavtobuslardir. Bu avtoulovlar yordamida 6 ta yangi yoʻnalishlarda jamoat transporti qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Natijada mavjud yoʻnalishlardagi qatnovlarning oraliq vaqti qisqarib, yoʻlovchilar uchun qulaylik yaratildi.

— Yangi avtotransport vositalarining keltirilishi natijasida yoʻlovchilar oqimi yuqori boʻlgan bir qator yoʻnalishlarda qatnovlar oraliq vaqti 15 daqiqadan 7 daqiqagacha qisqardi, — deydi Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshligʻi Rahmatullo Boboyev. —Bundan tashqari 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Yaqinda viloyatimizga “COMFORT AUTO HAMKOR” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 1 mln 104 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 4 ta “YUTONG“ va     4 ta “ZHONGTONG” avtobuslari keltirildi. Mazkur avtobuslar Urganch-Toshkent-Urganch yoʻnalishida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni mobil ilova orqali xarid qilish va “Catering” xizmati ham yoʻlga qoʻyiladi.

                                                      Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер